Sovrinlar ro‘yxati qisqa va aniq: 1 ta Apple iPhone 18 Pro 256GB (Burgundy) — bosh sovrin, va 8 ta planshet — har haftalik o‘yinda bittadan. Aksiya 2026-yil 26-oktabrdan 26-dekabrgacha davom etadi.
Quyida aksiyaning asosiy shartlari oddiy tilda berilgan. To‘liq va yagona rasmiy matn — ommaviy oferta; bu maqola unga qisqa yo‘riqnoma.
Aksiya bir qarashda
- Tashkilotchi: «FUN CHAIN» MChJ
- Muddat: 26-oktabr, 10:00 dan 26-dekabr, 19:00 gacha (Toshkent vaqti)
- Maydonchalar: Pixel Park Chilonzor; Yunusobod (19-mavze); Yunusobod (11-mavze, Mega Planet)
- Bosh sovrin: iPhone 18 Pro 256GB Burgundy — 1 dona
- Haftalik sovrin: planshet (ekrani kamida 10 dyuym, xotirasi kamida 128 GB) — 8 dona
- Ishtirokchi: 18 yoshdan oshgan, ilova profiliga bola qo‘shgan shaxs
Haftalik o‘yinda qanday qatnashiladi
- Pixel App’ni yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting.
- Profilni to‘ldiring va kamida bitta bolani qo‘shing.
- Hisobot haftasi davomida ilovadagi mini-o‘yinlarni o‘ynab, kamida 3 500 ball to‘plang.
- 3 500 ballga yetishingiz bilan tizim sizga avtomatik ravishda «O‘yin ishtirokchisi» raqamli belgisini beradi.
Bir foydalanuvchi bir hisobot haftasida ko‘pi bilan bitta belgi oladi. Hafta tugagach ballar nolga tushadi: keyingi haftalik o‘yin uchun 3 500 ballni qaytadan to‘plash kerak.
Tangalar va natijalar hisobingizga tushishi uchun o‘yinni Pixel App’dagi «O‘yinlar» bo‘limidan oching. Qaysi o‘yin nimani mashq qildirishini bu maqolada o‘qing.
Haftalik o‘yin sanalari
Haftalik o‘yinlar sakkiz marta o‘tkaziladi:
- 31-oktabr
- 8, 15, 22 va 29-noyabr
- 6, 13 va 20-dekabr
O‘yin kuni soat 19:00 gacha ishtirokchilar ro‘yxati tizimda qayd etiladi. O‘yin o‘tadigan aniq maydoncha sanadan kamida 5 kalendar kun oldin rasmiy Instagram sahifa @pixelpark.uz’da e’lon qilinadi.
Bosh sovrin: iPhone 18 Pro
Bosh sovrin uchun haftalik ball shart emas. Kerak bo‘ladigani:
- ilovada ro‘yxatdan o‘tgan, profilda kamida bitta bola ko‘rsatilgan bo‘lish;
- 26-oktabrdan 25-dekabrgacha Pixel Park maydonchalaridan istalganiga kamida ikki marta tashrif buyurish;
- tashriflar hisob tizimi va/yoki ilova orqali qayd etilgan va tekshirilishi mumkin bo‘lishi.
G‘olib 26-dekabr kuni Pixel Park’da o‘tadigan yakuniy tadbirda avtomatlashtirilgan tasodifiy tanlash (randomayzer) orqali aniqlanadi.
G‘olib bo‘lsangiz: nimalarni bilish kerak
- Shaxsan hozir bo‘lish shart. Tanlangan g‘olib o‘yin kuni va vaqtida maydonchada bo‘lmasa, natija bekor qilinadi va hozir bo‘lganlar orasidan qayta tanlanadi.
- Hujjat. Sovrinni olishda pasportning asl nusxasi yoki ID-karta ko‘rsatiladi; zarur bo‘lsa, JShShIR ham so‘raladi.
- Foto va video. G‘olib o‘yin jarayonini suratga olishda qatnashishi va oferta doirasida tasviridan foydalanishga rozilik berishi shart.
- Sovrin natura shaklida beriladi. Pulga yoki boshqa mahsulotga almashtirish ko‘zda tutilmagan.
Ko‘p beriladigan savollar
Qatnashish pullikmi?
Aksiyada qatnashish uchun alohida haq olinmaydi. Agar shartni bajarish uchun maydonchaga kelish kerak bo‘lsa, tashrif amaldagi tariflar bo‘yicha to‘lanadi.
Bitta odam bir nechta akkaunt ochsa bo‘ladimi?
Yo‘q. Bir shaxsning bir nechta akkauntidan foydalanilgani aniqlansa, tashkilotchi bunday harakatlarni aksiyadan chiqarib tashlashga haqli.
Kimlar qatnasha olmaydi?
Tashkilotchi xodimlari, aksiyani tashkil etish va o‘tkazishda bevosita ishtirok etuvchilar, tashkilotchiga aloqador shaxslar va ularning oila a’zolari.
Bu maqola qisqa tavsif. Aniq shartlar ommaviy ofertada keltirilgan; maqola va oferta o‘rtasida farq bo‘lsa, oferta qoidalari amal qiladi.